• Toshkent, Universitet ko'chasi 2 a uy
  • (998) 71 246-07-61
  • info@metod.uz

O'quv normativ hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etish bo'limi

O'quv normativ hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etish bo'limi


O‘quv-normativ hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etish  bo‘limning maqsadi, vazifalari va faoliyatining asosiy yo‘nalishlari

Bo‘limning maqsadi – Ta'lim muassasalari uchun DTS, TTS, o‘quv rejalar va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish hamda ularni qo‘llash monitoringini yuritish, tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklarni yanada takomillashtirish, kasb-hunar kollejlarini qayta ixtisoslashtirishga yo‘naltirilgan faoliyatini muvofiqlashtirish, darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta'minlash ishlarini tashkil etishdan iborat.
Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi: o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassassalari uchun DTS, TTSlar yaratish bo‘yicha ijodkor professor-o‘kituvchilardan iborat ishchi guruhlarini tuzish va ularning ishlarini muvofiqlashtirish; tegishli vazirliklar, ish beruvchi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda DTS, TTSlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish, mutassaddi idoralar kelishuvidan o‘tkazish va tasdiqlash ishlarini hamkorlikda olib borish; davlat ta'lim standartlari, o‘quv reja va fan dasturlarini takomillashtirish yo‘llari, usullari va uslublarini belgilash va umumiy rahbarlikni olib borish;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalari bitiruvchilarini ta'lim standartlari talablariga javob beradigan, bilim darajasini va kasbiy tayyorgarligi sifatini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv rejalar va fan dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklar umumdavlat tasniflagichiga kiritilgan tayyorlov yo‘nalishlari va kasblarni birxillashtirish, tor profilli yo‘nalishlarni birxillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; o‘quv reja va fan dasturlarini talab etilgan hollarda ishlab chiqish va bosqichma-bosqich takomillashtirib borishda oliy ta'lim muassasalari hamda ish beruvchi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik ishlarini kuchaytirish yuzasidan qo‘shma qarorlar va kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
o‘quv rejalarni ishlab chiqish, ularni o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash, ta'lim muassasalariga yetkazish, ularni tadbiq qilinishini nazorat qilish;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari uchun darsliklar va o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish bo‘yicha yuqori tashkilotlarning qarorlari va buyruqlarida belgilangan vazifalarning bajarish;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari uchun darslik va o‘quv qo‘llanmalarining yangi avlodini ishlab chiqishni tashkil etish;
Quyidagilar Bo‘lim faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi: DTS va TTSlarni takomillashtirish sohasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimiga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
barcha Ta'lim muassasalarini davlat ta'lim standartlari, tarmoq ta'lim standartlarini bilan to‘liq ta'minlangaligi va o‘quv jarayoniga joriy qilinganligi holatini o‘rganish yuzasidan monitoring olib borish; 
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi DTS, TTSlarni uzluksiz ta'lim tizimiga mosligini qayta ko‘rib chiqish hamda takomillashtirish yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritish;
o‘quv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish, takomillashtirish bo‘yicha tahliliy ishlar olib borish; ta'lim muassasalarida o‘quv rejalar va o‘quv dasturlarining sifati va samaradorligi monitoringini tashkil etish;
Ta'lim muassasalari o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari bilan to‘liq ta'minlash, ularni o‘quv jarayoniga joriy qilish yuzasidan monitoring olib borish hamda ta'lim muassasalarda o‘quv-me'yoriy hujjatlarni joriy etilishi holatini o‘rganish; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi hududiy boshqarmalari tomonidan berilgan buyurtmalari asosida har o‘quv yili uchun chop etiladigan darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarning nashr etish rejasi tuzish;
ta'lim muassasalari uchun yaratilgan yangi avlod darsliklari va o‘quv-qo‘llanmalarini taqdimotini o‘tkazish; darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni amaldagi talablarga muvofiqligini monitoring qilish natijalari ko‘ra, ularni nashr etishini tugatish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
ta'lim muassasalarida darsliklar va o‘quv-qo‘llanmalarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, buyurtma berish va qayta taqsimotini amalga oshirish uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarning inventarizatsiyasini o‘tkazishda amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish; davlat ta'lim standartlari va tarmoq ta'lim standartlari asosida darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yangi avlodini yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etishni amalga oshirish; ta'lim muassasalarida darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganib, buyurtma berish ishlarini tashkil etadi;
ta'lim muassasalarining Axborot resurs markazlari zahirasini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan boyitishda zamonaviy usullarni joriy etish bo‘yicha takliflar kiritadi va tajriba-sinov ishlarini tashkil etish;
ta'lim muassasalarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta'minlash borasidagi muammolarni o‘rganish, ularni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
 O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimida “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” Respublika ko‘rik tanlovlarini tashkil etish