• Toshkent, Universitet ko'chasi 2 a uy
  • (998) 71 246-07-61
  • info@metod.uz

Axborot metodik xizmati rahbariyati

O'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalarini axborot metodik ta'minlash xizmati boshlig'ining vazifalari

    Metodik xizmat boshlig'i o'z vakolati doirasida qonun hujjatlariga muvofiq buyruqlar chiqaradi va ularning bajarilishini ta'minlaydi. Metodik xizmat nomidan ish olib boradi, barcha tashkilotlarda uning huquqlarini himoya qiladi. Boshliq o'rinbosari va bo'lim boshliqlari o'rtasida Metodik xizmat tuzilmasiga asosan vazifalarni taqsimlaydi. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi bilan kelishgan holda ichki mehnat tartibini belgilaydi, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq qo'shimcha ta'til muddatini belgilaydi. Ilmiy kengashlar, konferensiya, simpozium va anjumanlarda Metodik xizmat nomidan qatnashadi.

Usanov Shamsiddin Hamidovichning xizmat faoliyati haqida ma'lumot

    Usanov Shamsiddin Hamidovich 1979 yildan 1984 yilgacha Samarqand davlat universiteti talabasi, 1984 yildan 1994 yilgacha Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti aspiranti, katta o'qituvchisi, 1994 yildan 1997 yilgacha Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti dekan o'rinbosari, 1997 yildan 2000 yilgacha Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi 1-toifali eksperti, bosh mutaxassisi, bo'lim boshllig'i, 2000 yildan 2004 yilgacha Samarqand viloyati Ta'lim markazi direktori, 2004 yildan 2012 yilgacha Xalq ta'limi vazirligida sho'ba mudiri, bosh nazoratchi, bo'lim boshlig'i, 2012 yildan 2013 yilgacha Toshkent viloyati PKQTMOI rektori, kafedra mudiri, 2013yildan 2014 yilgacha O'zR Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi tinglovchisi, 2014 yildan hozirgi kungacha O'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalarini axborot-metodik ta'minlash xizmati boshlig'i o'rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda. Usanov Shamsiddin Hamidovich fizika-matematika fanlari nomzodi.