• Toshkent, Universitet ko'chasi 2 a uy
  • (998) 71 246-07-61
  • info@metod.uz

Noshirlik-axborot bo‘limi

Noshirlik-axborot bo‘limi

 

 

Noshirlik-axborot bo‘limining maqsadi, vazifalari va faoliyatining asosiy yo‘nalishlari

Bo‘limning maqsadi – Yangi avlod darsliklarini, qayta nashr etiladigan o‘quv adabiyot va o‘quv qo‘llanmalarni nashr etish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng yoritish va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha Matbuot xizmati faoliyatini olib borishdan iboratdir. 
Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi: Nashrga tavsiya etilgan adabiyotlarni amaldagi me'yorlar asosida chop etilishini tashkil etish; chop etilishi rejalashtirilgan darslik va o‘quv metodik qo‘llanmalarni belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash uchun hukumat komissiyasiga taqdim etish; ekspertiza natijalarini haqqoniy va holisona baholanishini ta'minlaydi, zaruriyat tug‘ilganda ushbu masalani joylarda o‘rganish; darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, metodik tavsiyalar, didaktik materiallar va boshqa o‘quv-metodik ishlanmalarni umumlashtiradi, narx va tannarx segmentini o‘rganadi, tanlov va tenderlar uchun tavsiyalar tayyorlaydi va tashkil etish; Xizmat va hududiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmalari xodimlari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimi o‘qituvchi-xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan, ilmiy metodik kengashlar tomonidan tavsiya etilgan metodik materiallarni nashrga tayyorlash; Xizmatning Axborot-resurs markazi bilan hamkorlikda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimidagi barcha Axborot resurs markazlari faoliyatiga metodik ko‘maklashadi, tavsiyalar ishlab chiqadi hamda nazorat monitoringini olib borish; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng yoritish va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha Matbuot xizmati faoliyatini olib borish; Xizmatning rasmiy nashri faoliyatini yo‘lga qo‘yish va olib borish;
Quyidagilar Bo‘lim faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi: Adabiyotlarni nashr etish masalalari bo‘yicha izlanishlar olib boradi, nashr ishlarida qo‘llash bo‘yicha me'yoriy hujjatlar ishlab chiqish yuzasidan tavsiyalar tayyorlash; mualliflar tanlovlari, darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish tanlovi hujjatlari va boshqa rasmiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi hamda takliflarni ekspertizadan o‘tkazadi va tashkiliy jarayonlarda ishtirok etish; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimi uchun chop etilgan darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar mualliflari bankini yaratish; Xizmatning Ilmiy-metodik kengashlari tomonidan nashrga tavsiya etilgan metodik ishlanmalarni Xizmatning rasmiy veb saytiga taqdim etib borish; Axborot-resurs markazi faoliyati doirasida yaratilgan, ishlab chiqarilgan barcha o‘quv metodik materiallarni elektron shaklda umumlashtiradi va arxiv fayllarni tashkil etish va ommalashtirish; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining darsliklar bilan ta'minlanganlik darajasini hamda mavjud darsliklarning talab darajasini o‘rganish va yangi avlod darsliklarini yaratishga tavsiyalar va talablar ishlab chiqishni tashkil etishda ishtirok etish; “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” ko‘rik tanlovini belgilangan Nizom asosida tashkil qilishda ishtirok etish; fuqarolar va yuridik shaxslardan bo‘limga taalluqli xat, ariza va shikoyatlarni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqadi va ijrosini ta'minlash; Xizmatning tasarrufidagi nusxa ko‘paytirish, chop etish qurilmalari hamda tipografiyani ishlatish, zarur hollarda tegishli nashriyot va boshqa bosmaxonalarni jalb etish; Xizmat faoliyati davomida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan yutuqlarga oid ma'lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish; ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda  o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimida amalga oshirilib kelinayotgan islohotlarni keng yoritish ishlarini tashkil etish.