• Toshkent, Universitet ko'chasi 2 a uy
  • (998) 71 246-07-61
  • info@metod.uz

O'MKHT Axborot-metodik xizmatning maqsadi

     O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari uchun ta'lim standartlari, o‘quv rejalari, dasturlar va metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqishni, yangi avlod o‘quv adabiyotlari tayyorlashni tashkil etish, ilg‘or va innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida o‘quv jarayonini tashkil etishga metodik yordam ko‘rsatish, ta'lim va tarbiyaviy ishlar darajasini oshirish va mutaxassislar tayyorlash sifatini yaxshilash metodik xizmat faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi. 

Asosiy vazifalari:

ta'lim standartlari, o‘quv rejalari, dasturlar va metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish, joriy etish va qo‘llash monitoringini, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari uchun o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini tayyorlashni tashkil etish;

o‘quv jarayonini tashkil etishda, o‘qitishning zamonaviy shakllarini, yangi ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalariga metodik yordam berish;

o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta'limi ustalarining pedagogik va kasbiy darajasini oshirish maqsadida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimining yuqori malakali mutaxassislarini trenerlar-moderatorlar sifatida jalb etgan holda ular uchun seminarlar-treninglar tashkil etish;

o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta'limi ustalarining bilimlari, tajribasi va amaliy mahorati oshishiga ko‘maklashuvchi faol shakllar va usullarni, audio-vizual hamda o‘qitishning boshqa ko‘rgazmali vositalarini ishlab chiqish, eksperimental maydonlarda sinovdan o‘tkazish va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayoniga joriy etish;

o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida fan kabinetlari, laboratoriyalar, o‘quv ustaxonalari va o‘quv poligonlarini jihozlash bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash;

o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi hududiy boshqarmalari bilan birgalikda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida o‘quv-ta'lim va tarbiyaviy ishlar darajasini oshirish, mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi hududiy boshqarmalarining o‘quv-metodik ta'minlash bo‘limlari ishlarini muvofiqlashtirish va ularga metodik rahbarlik qilish.

O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MUASSASALARINI AXBOROT-METODIK TA’MINLASH XIZMATI USTAVI       

 

_____________________________________________________________________________________

 

O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MUASSASALARINI AXBOROT-METODIK TA’MINLASH XIZMATI TUZILMASI