• Toshkent, Universitet ko'chasi 2 a uy
  • (998) 71 246-07-61
  • info@metod.uz

Metodik ta'minlash bo'limi

Metodik ta'minlash bo'limi

 

 


Metodik ta'minlash bo‘limining maqsadi, vazifalari va faoliyatining asosiy yo‘nalishlari

Bo‘limning maqsadi – ta'lim muassasalari o‘quv jarayoniga ilg‘or, innovatsion pedagogik hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida o‘quv jarayonini tashkil etishga, mutaxassislarning kasbiy malakasini oshirishga  uslubiy  yordam berish orqali ta'lim-tarbiyaning sifat va samaradorlik darajasini oshirishdan iborat.
Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi: ta'lim muassasalari uchun ishlab chiqilgan ta'lim standartlari asosida o‘quv rejalar, dasturlar va metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish, joriy  etish va qo‘llash monitoringi, ta'lim muassasalari uchun o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini tayyorlashni tashkillashtirishda ishtirok etish; 
o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta'limi ustalarining malakalarini oshirishga ko‘maklashuvchi faol shakllar, usullar, audio-vizual hamda o‘qitishning boshqa ko‘rgazmali vositalarini ishlab chiqish, ularni tajriba-sinov maydonchalarida sinovdan o‘tkazish  hamda natijasi bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar tayyorlash, ta'lim muassasalarining o‘quv tarbiyaviy jarayoniga tadbiq etish;
ta'lim muassasalarida fan kabinetlari, laboratoriyalar, o‘quv ustaxonalari va o‘quv poligonlarini jihozlash bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash; o‘quv jarayonini tashkil etishda o‘qitishning ilg‘or, innovatsion pedagogik hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishda ta'lim muassasalariga metodik yordam ko‘rsatish;  o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta'limi ustalarining pedagogik va kasbiy mahoratini oshirish maqsadida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimining yuqori malakali mutaxassislarini trener-moderatorlar sifatida jalb etgan holda seminar-treninglar tashkil etish; O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi hududiy boshqarmalarning o‘quv-metodik ta'minlash bo‘limlari ishlarini muvofiqlashtirish va ularga metodik rahbarlik qilish.
Quyidagilar Bo‘lim faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi: ta'lim muassasalari o‘quv jarayonini takomillashtirish, ilg‘or va innovatsion pedagogik hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta'lim jarayoniga tatbiq etish, ta'lim-tarbiya sifati, uning samaradorligini oshirish maqsadida metodik yordam berish; ta'lim muassasalari uchun davlat ta'lim standartlari (bundan buyon matnda – DTS), tarmoq ta'lim standartlari (bundan buyon matnda – TTS) asosida namunaviy o‘quv reja va dasturlar, metodik qo‘llanma va tavsiyalar, o‘quv metodik majmualar, dars ishlanmalari  va boshqa ko‘rgazmali qurollarni yaratish ishlarini tashkil etish;
metodik ta'minlashga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish, zarur bo‘ladigan o‘quv adabiyotlari, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va elektron darsliklar ro‘yxatini tuzishda, o‘quv adabiyotlarining mazmunan DTS, TTS va zamonaviy fan, texnika va texnologiya yutuqlariga mos kelishini ta'minlashda ishtirok etish; DTS, TTS, o‘quv dasturlari, o‘quv adabiyotlar, elektron darslik, metodik va ko‘rgazmali qo‘llanmalar hamda boshqa metodik materiallarni muhokama qilish va nashrga tavsiya etish uchun fan va yo‘nalishlar bo‘yicha Ilmiy-metodik kengashlar tuzish; o‘quv rejadagi fanlar bo‘yicha o‘quv adabiyotlari va o‘quv qo‘llanmalar bilan ta'minlanganlik darajasini o‘rganish, yangi avlod darsliklarini yaratish, qayta nashr etiladigan o‘quv adabiyot va o‘quv qo‘llanmalarni tayyorlash ishlarida qatnashish; o‘quv adabiyotlari va o‘quv qo‘llanmalarni yaratish bo‘yicha malakali olimlar va tajribali amaliyotchi mutaxassislardan iborat ijodiy guruhlarni  va mualliflar jamoasini shakllantirish ishlariga ko‘maklashish; didaktik materiallarning yangi avlodini yaratish va joriy etish; alternativ tarzda ishlab chiqilgan o‘quv reja va dasturlar ekspertizasini tashkil etish; ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga oid materiallarni Ilmiy-metodik Kengash ishida ko‘rib chiqish hamda o‘rnatilgan tartibda nashrga tavsiya qilishni tashkil etish; 
ta'lim standartlari va o‘quv dasturlarining bajarilishi, fanlar kesimida o‘zlashtirish hamda sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan Ta'lim muassasalariga metodik yordam ko‘rsatish; o‘rta maxsus, kas-hunar ta'limi tizimi xodimlari uchun nazariy fanlarni o‘qitish va o‘quv amaliyotlarini o‘tkazish sifatini ko‘tarishga qaratilgan metodik tavsiyalar yaratish hamda seminar-treninglarni tashkil etish;
kasb-hunar kollejlari bazasida o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta'limi ustalarining pedagogik mahoratlarini oshirishga qaratilgan doimiy faoliyat yuritadigan seminarlarni tashkil qilish;
ta'lim muassasalarida o‘quvchilarga bilim berishda foydalanish uchun audio-vizual va virtual ta'lim vositalarini ishlab chiqish hamda ta'lim jarayoniga tatbiq etish; ta'lim sifatini ko‘tarish maqsadida hamda ta'lim-tarbiyaga oid muhim muammolarni bartaraf etish yuzasidan ishlab chiqilgan innovatsion loyihalarni  tajriba-sinovdan o‘tkazish ishlarini tashkil etish va natijasi bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar tayyorlash;
yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘qituvchi va kasbiy ta'lim ustalarining An'anaviy avgust kengashlarini o‘tkazish uchun metodik materiallar tayyorlash hamda joylarga yetkazish;
ta'lim jarayonida o‘quv-laboratoriya jihozlaridan samarali foydalanish maqsadida zarur bo‘ladigan o‘quv-laboratoriya jihozlari ro‘yxatini shakllantirish va tavsiyalar ishlab chiqish; ta'lim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyalarini tashkil etishni metodik ta'minlash va natijalarini tahlil qilish; ta'lim muassasalarining reytingini aniqlash jarayonini tashkil qilish;
iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ishlari doirasida fan olimpiadalari va boshqa ko‘rik tanlovlar, musobaqalarni o‘tkazish uchun tashkiliy hamda metodik ishlarni amalga oshirish; respublika va xalqaro miqyosida ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish; ta'lim muassasalarida fan, ijodiy, amaliy to‘garaklar va sport seksiyalari ishlarini tashkil etish bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatish; o‘rta maxsus ta'lim tizimida pedagogik-psixologik xizmat faoliyatini muvofiqlashtirish; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlangan ilmiy tadqiqotlar va dissertatsiyalarga tegishli xulosalar berish; ta'lim sifatini takomillashtirish yuzasidan xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy davlatlar ta'lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish.