• Toshkent, Universitet ko'chasi 2 a uy
  • (998) 71 246-07-61
  • info@metod.uz

O'quv normativ hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etish bo'limi

O‘quv-normativ hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etish bo‘limining maqsadi, vazifalari va faoliyatining asosiy yo‘nalishlari

Ta'lim muassasalari uchun DTS, TTS, o‘quv rejalar va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish hamda ularni qo‘llash monitoringini yuritish, tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklarni yanada takomillashtirish, kasb-hunar kollejlarini qayta ixtisoslashtirishga yo‘naltirilgan faoliyatini muvofiqlashtirish, darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta'minlash ishlarini tashkil etishdan iborat.

quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi: o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassassalari uchun DTS, TTSlar yaratish bo‘yicha ijodkor professor-o‘kituvchilardan iborat ishchi guruhlarini tuzish va ularning ishlarini muvofiqlashtirish;

tegishli vazirliklar, ish beruvchi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda DTS, TTSlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish, mutassaddi idoralar kelishuvidan o‘tkazish va tasdiqlash ishlarini hamkorlikda olib borish;

davlat ta'lim standartlari, o‘quv reja va fan dasturlarini takomillashtirish yo‘llari, usullari va uslublarini belgilash va umumiy rahbarlikni olib borish;

o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalari bitiruvchilarini ta'lim standartlari talablariga javob beradigan, bilim darajasini va kasbiy tayyorgarligi sifatini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv rejalar va fan dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;

o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklar umumdavlat tasniflagichiga kiritilgan tayyorlov yo‘nalishlari va kasblarni birxillashtirish, tor profilli yo‘nalishlarni birxillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

o‘quv reja va fan dasturlarini talab etilgan hollarda ishlab chiqish va bosqichma-bosqich takomillashtirib borishda oliy ta'lim muassasalari hamda ish beruvchi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik ishlarini kuchaytirish yuzasidan qo‘shma qarorlar va kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

o‘quv rejalarni ishlab chiqish, ularni o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash, ta'lim muassasalariga yetkazish, ularni tadbiq qilinishini nazorat qilish;

o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari uchun darsliklar va o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish bo‘yicha yuqori tashkilotlarning qarorlari va buyruqlarida belgilangan vazifalarning bajarish;

o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari uchun darslik va o‘quv qo‘llanmalarining yangi avlodini ishlab chiqishni tashkil etish;

Quyidagilar Bo‘lim faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:

DTS va TTSlarni takomillashtirish sohasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimiga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;

barcha Ta'lim muassasalarini davlat ta'lim standartlari, tarmoq ta'lim standartlarini bilan to‘liq ta'minlangaligi va o‘quv jarayoniga joriy qilinganligi holatini o‘rganish yuzasidan monitoring olib borish;

o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi DTS, TTSlarni uzluksiz ta'lim tizimiga mosligini qayta ko‘rib chiqish hamda takomillashtirish yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritish;

o‘quv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish, takomillashtirish bo‘yicha tahliliy ishlar olib borish;

ta'lim muassasalarida o‘quv rejalar va o‘quv dasturlarining sifati va samaradorligi monitoringini tashkil etish;

Ta'lim muassasalari o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari bilan to‘liq ta'minlash, ularni o‘quv jarayoniga joriy qilish yuzasidan monitoring olib borish hamda ta'lim muassasalarda o‘quv-me'yoriy hujjatlarni joriy etilishi holatini o‘rganish;

o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi hududiy boshqarmalari tomonidan berilgan buyurtmalari asosida har o‘quv yili uchun chop etiladigan darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarning nashr etish rejasi tuzish;

ta'lim muassasalari uchun yaratilgan yangi avlod darsliklari va o‘quv-qo‘llanmalarini taqdimotini o‘tkazish;

darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni amaldagi talablarga muvofiqligini monitoring qilish natijalari ko‘ra, ularni nashr etishini tugatish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

ta'lim muassasalarida darsliklar va o‘quv-qo‘llanmalarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, buyurtma berish va qayta taqsimotini amalga oshirish uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarning inventarizatsiyasini o‘tkazishda amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish;

davlat ta'lim standartlari va tarmoq ta'lim standartlari asosida darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yangi avlodini yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etishni amalga oshirish;

ta'lim muassasalarida darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganib, buyurtma berish ishlarini tashkil etadi;

ta'lim muassasalarining Axborot resurs markazlari zahirasini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan boyitishda zamonaviy usullarni joriy etish bo‘yicha takliflar kiritadi va tajriba-sinov ishlarini tashkil etish;

ta'lim muassasalarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta'minlash borasidagi muammolarni o‘rganish, ularni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rish;

 O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimida “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” Respublika ko‘rik tanlovlarini tashkil etish.