• Toshkent, Universitet ko'chasi 2 a uy
  • (998) 71 246-07-61
  • info@metod.uz

"Ochiq ta'lim resurslarining ta'lim jarayoniga integratsiyasi" mavzusida o'quv amaliy seminar trening o'tkazildi

Ochiq ta’lim resurslari hamma uchun 

Ta'lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va ochiq ta'lim resurslarini joriy etish bo‘yicha xorij tajribasini o‘rgangan holda pedagog kadrlar salohiyatini oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni Respublika miqyosida ommalashtirish hamda yuqori malakali moderatorlar jamoasini shakllantirish maqsadida joriy yilning 20-21 oktyabr kunlari O‘rta-masus, kasb-hunar ta'lim markazi tomonidan UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Ochiq ta'lim resurslari (OTR)ning ta'lim jarayoniga integratsiyasi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-trening O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi direktori M.Xolmuxamedov va UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Dendev Badarch tomonidan ochib berildi.

Seminar-trening doirasida Mongoliya Fan va Texnologiya Universiteti Rektori Ochirbat Baatar tomonidan ishlab chiqarish va texnika sohasi bo‘yicha yaratilgan ochiq ta'lim resurslarining taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimot yakunida Ochirbat Baatar mazkur OTRni O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markaziga taqdim etdi.

Shu bilan birga, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi va UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasida kasbiy ta'lim sifatini oshirish, pedagog kadrlarning AKT kompetensiyalarini oshirish sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishildi.

Seeminar-treningda Respublikaning barcha hududlaridan kelgan pedagoglar tomonidan yaratilgan OTRning ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlov yakuni bo‘yicha g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, O‘MKHT Axborot-metodik xizmati tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida Respublikaning barcha hudularida 40 dan ortiq seminar-treninglar o‘tkazilib, unda 350 dan ortiq pedagog kadrlar OTRni yaratish, media va axborot savodxonligi, ta'lim jarayonida AKTdan unumli foydalanish mavzularida o‘qitildilar.