• Toshkent, Universitet ko'chasi 2 a uy
  • (998) 71 246-07-61
  • info@metod.uz

SUD JARYOYONI INGLIZ TILIDA AMALGA OSHIRILDI

20 dekabr kuni Samarqand huquqshunoslik kollejida o‘tkazilgan navbatdagi ochiq dars noananaviy tarzda bo‘lib o‘tdi. Unda  sud jarayoni tashkil etilib, turli xil mavzular bo‘yicha o‘quvchilar tomonidan ingliz tilida amalga oshirildi.

Dars jarayoni viloyatimizdagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining eng tajribali chet tili fani o‘qituvchilari tomonidan kuzatib borildi.

O‘quvchi-yoshlarni ingliz tili faniga nisbatan qiziqishlarini oshirish hamda o‘qituvchi-murabbiylarning bilim-salohiyatini yanada kengaytirish va pedagogik mahoratlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur ochiq dars bahs-munozaralar bilan o‘tkazildi.

Namunaviy ochiq dars so‘ngida fan mutaxassislari dars jarayonini tahlil etib, yutuq va kamchilliklarga to‘xtalib o‘tishdi. Darsda faollik ko‘rsatgan kollejning eng iqtidorli o‘g‘il-qizlariga esa ingliz tiliga oid kitoblar taqdim etildi.

manba: www.samusspo.uz