• Toshkent, Universitet ko'chasi 2 a uy
  • (998) 71 246-07-61
  • info@metod.uz

Axborot resurs markazi

Axborot-resurs markazining  ARMning maqsadi, vazifalari va faoliyatining asosiy yo‘nalishlari

ARMning maqsadi – Ta'lim muassasalari tasarrufidagi Axborot-resurs markazlari faoliyatini tashkiliy-metodik jihatdan ta'minlash, ular faoliyatining barcha yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish hamda Axborot-resurs markazlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning metodologik asoslarini takomillashtirishdan iboratdir.

Ta'lim muassasalari Axborot-resurs markazlari faoliyati samaradorligini o‘rganish, natijasi bo‘yicha takliflar tayyorlash;

Axborot-resurs faoliyati sohasidagi yetakchi mutaxassislarni va ilmiy xodimlarni jalb etgan holda ishchi komissiyalar va ekspert guruhlari tuzish;

Ta'lim muassasalari Axborot-resurs markazlari tomonidan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik ishlarni amalga oshirish bo‘yicha yillik va istiqbolli rejalarni ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish;

Axborot-resurs markazlarining maqsadlari va vazifalariga muvofiq axborot-resurslarini jamlash, hisobga olish, qayta ishlash, joylashtirish va saqlash bo‘yicha yagona metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish;

zamonaviy axborot-resurs texnologiyalari, axborot-resurs xizmati ko‘rsatishning yangi shakllarini joriy etish, axborot-resurslarini to‘plash, hisobga olish va qidirish bo‘yicha ishlarni tashkil etishda o‘zaro muvofiqlikni ta'minlash;

Ta'lim muassasalari Axborot-resurs markazlarining tashkiliy-metodik faoliyati monitoringini olib borish;

Quyidagilar ARM faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:

yangi axborot-resurs va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, axborot-resurs muassasalari faoliyatini dasturiy ta'minlash hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshiriladigan tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash;

Axborot-resurs markazlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning metodologik asoslarini ishlab chiqish;

Axborot-resurs markazlari faoliyatiga doir, ilmiy salohiyat, moddiy texnika bazasi, axborot tashuvchilarning pedagoglar, ta'lim oluvchilar soniga  nisbati va dinamikasi yuzasidan statistik va analitik tahlillarni amalga oshirish va ular asosida axborot-resurs faoliyati va uni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini, strategik ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish;

O‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi tizimi tarkibiga kiruvchi barcha Axborot-resurs markazlarini internet orqali ulanishi va ma'lumot almashinishini nazarda tutgan holda, milliy axborot resurslari yagona axborot-fondini shakllantirish;

Axborot-resurs markazlari bazasida yig‘ilgan shakli va bichimidan qat'iy nazar barcha darslik, qo‘llanma, metodik ishlarning elektron katalogi va to‘liq matni bazasini shakllantirish, elektron bibliografik yozuvlarni o‘zaro almashish imkoniyatini ta'minlash;

Axborot-resurs muassasalarining yagona axborot-resurs fondini shakllantirish jarayonidagi faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shu jumladan axborot-resurs amarkazlari fondlarining elektron shaklini yaratishda o‘zaro takrorlanishlarning oldini olish;

Axborot-resurs faoliyatining barcha jarayonlarini avtomatlashtirish;

Axborot-resurs markazlari tomonidan tegishli hududda chiqariladigan nashrlarning majburiy nusxasi asosida ularning hududiy bibliografik hisobini yuritish va har chorakda mazkur nashrlar haqidagi bibliografik ma'lumotlarni taqdim etilishini ta'minlash orqali O‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi tizimida chop etiladigan va chiqariladigan nashrlarning bibliografik hisobini yuritish;

Axborot-resurs muassasalarining xorijiy axborot-resurs muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish.