• Toshkent, Universitet ko'chasi 2 a uy
  • (998) 71 246-07-61
  • info@metod.uz

Ma'naviy-axloqiy va tarbiya ishlarini takomillashtirish bo‘limi

Ma'naviy-axloqiy va tarbiya ishlarini  takomillashtirish bo‘limining maqsadi, vazifalari va faoliyatining asosiy yo‘nalishlari

 O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari (keyingi o‘rinlarda – Ta'lim muassasalari deb yuritiladi)da o‘quvchi-yoshlarni Milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalash, ularda vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarga dahldorlik hissini, faol ijtimoiy pozitsiyani shakllantirish, turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni mustahkamlashga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy ishlarni rivojlantirish va takomillashtirishga oid metodik ta'minotni amalaga oshrishdan iborat. Ta'lim muassasalari o‘quvchi-yoshlarining dunyo va mamlakat miqyosidagi siyosiy jarayonlarga mustaqil va ongli munosabatini shakllantirish, faol fuqarolik, fidoyilik va vatanparvarlik tuyg‘usini kamol toptirishga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy ishlarni rivojlantirish;

bugungi kunda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini atroflicha sharhlash va tushuntirish, yurtimizga qarshi qaratilgan g‘oyaviy va informatsion xurujlar, ularning ortida turgan kuchlarning g‘arazli maqsadlarini fosh qilish, yoshlarni hushyorlik va ogohlikka da'vat etish targ‘ibot tizimini takomillashtirish;

o‘quvchi-yoshlarni muqaddas islom dini va falsafasi, aziz-avliyolarimizning ibratli hayoti, qutlug‘ qadamjolari, boshqa diniy konfessiyalarga nisbatan hurmat-ehtirom va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash, millatlararo totuvlik, o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash bo‘yicha ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirish;

o‘quvchi-yoshlarda diniy mutaassiblik va aqidaparastlik, yurt tinchligi, osoyishtaligiga rahna soladigan, imon-e'tiqodiga putur yetkazadigan har qanday g‘oya va tushunchaga nisbatan murosasizlik va ayovsiz kurashchanlik ruhini shakllantirishda ma'naviy-mafkuraviy tarbiya ishlarini takomillashtirish;

o‘quvchi-yoshlarda milliy istiqlol g‘oyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ma'naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish, ularda mafkuraviy immunitetni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ilg‘or, innovatsion metodikalarini yaratish;

o‘quvchi-yoshlarni milliy qadriyatlar darajasida yillar davomida shakllangan Sharqona odob-axloq va milliy madaniyatimiz asosida tarbiya qilishga qaratilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqish;

milliy g‘oya turkumiga kiruvchi fanlar va maxsus kurslarning nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini innavatsion pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitishning loyihalashtirilgan ta'lim texnologiyasini o‘z ichiga olgan o‘quv-uslubiy majmualar yaratish.

Quyidagilar Bo‘lim faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:

ta'lim muassasalarida o‘quvchilarni milliy g‘oya ruhida yuksak ma'naviy-axloqiy  fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan ma'naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni rivojlantirish hamda takomillashtirish yuzasidan ta'lim muassasalariga axborot-metodik ta'minotni amalga oshiradi

ma'naviy-ma'rifiy, axloqiy-tarbiya ishlarni takomillashtirish yuzasidan metodik tavsiya va qo‘llanmalar tayyorlash bo‘yicha jamoatchi metodistlar guruhini tuzadi, ular bilan ishlaydi, uning faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llarini izlaydi;

ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini aniqlovchi mezonlarni ishlab chiqish va joriy etish;

bo‘lim faoliyati va manfaatidan kelib chiqib, turli vazirliklar, idoralar va boshqa jamoat tashkilotlari bilan aloqa o‘rnatadi va hamkorlikda tadbirlar tashkil etadi;

Ommaviy axborot vositalar bilan aloqani o‘rnatadi. Xizmatning faoliyati, o‘tkazilayotgan tadbirlari, amaliy seminarlariga oid ma'lumotlarni OAVda yoritilishini ta'minlaydi.

milliy istiqlol g‘oyasi va ma'naviyat asoslari turkumiga kiruvchi fanlarga oid DTS, namunaviy o‘quv dastur va darsliklarning o‘zaro mutanosibligi nazoratini olib boradi hamda jahonda va mamlakatda yuz berayotgan o‘zgarishlardan kelib chiqib, yangi materiallarni o‘z ichiga olgan darslik va metodik qo‘llanmalar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtiradi;

o‘quvchi-yoshlarda vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarga dahldorlik hissini, faol ijtimoiy pozitsiyani shakllantirish, ularning “ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi turli ma'naviy tahdidlar, sog‘lom turmush tarzi borasidagi bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan “Maxsus kurslar”ning sifatli o‘tilishi yuzasidan metodik tavsiya va qo‘llanmalar yaratish ishlarida ishtirok etadi hamda muvofiqlashtiradi;

milliy istiqlol g‘oyasi va ma'naviyat asoslari turkumiga kiruvchi fanlar hamda “Maxsus kurslar”dan dars beruvchi o‘qituvchilarning metodik ta'minotini yaxshilash uchun loyihalashtirilgan ta'lim texnologiyalarini o‘z ichiga olgan o‘quv-metodik majmualar yaratish ishlarida ishtirok etadi va bu ishlarni muvofiqlashtiradi;

o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini va malakasini oshirish ishlarini tashkil etadi, ijobiy metodik ishlarni ommalashtirish ishlarini amalga oshiradi, o‘qituvchilar o‘rtasida turli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazadi;

tarbiyaviy ishlar bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish va yosh mutaxassislarga uslubiy yordamni tashkil etadi.

o‘quvchilarning tartib-intizomi va davomati, tarbiyaviy ishlar samaradorligining nazoratini amalga oshiradi ta'lim muassasalarida o‘tkaziladigan “Ma'naviyat soati” mashg‘ulotlarining samaradorligi va natijadorligiga qaratilgan innovatsion mexanizmlar hamda uning metodikasini yaratish;

darsdan tashqari mashg‘ulot va to‘garaklar faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish;

milliy urf-odatlar, tarixiy qadriyatlar va buyuk ajdodlarimiz misolida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning yangi samarador usul va mexanizmlari hamda metodlarini yaratish;

milliy bayramlar va muhim sanalarga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarning takomillashgan mexanizmlari va uning metodikasi;

guruh murabbiylari faoliyati samaradorligi va natijadorligiga qaratilgan innovatsion mexanizmlari;

oila-mahalla-ta'lim muassasasi hamkorligi doirasida amalga oshiriladigan ma'naviy-ma'rifiy va axloqiy tarbiya ishlarini yanada rivojlantirish va takomillashtirish yuzasidan metodik tavsiya va qo‘llanmalar ishlab chiqish uning asosiy vazifasi deb belgilanadi.