• Toshkent, Universitet ko'chasi 2 a uy
  • (998) 71 246-07-61
  • info@metod.uz

Ko'p beriladiagan savollar

Savol: Ta'lim texnologiyasining “Kirish” qismi qanday rasmiylashtiriladi? 

Javob: Ushbu fannning dolzarbligi, o‘qitish maqsadi va rejalashtirilgan o‘quv natijalar, fanga ajratilgan soatlar soni, ularni o‘qitishni tashkil etish shaklari bo‘yicha (nazariy va amaliy) taqsimoti,  o‘quv mashg‘ulotlar turlari aniq ko‘rsatiladi, ta'lim texnologiyasining pedagogik g‘oyasini belgilab beruvchi o‘qitishga zamonaviy konseptual yondoshuvlar keltiriladi, o‘qituvchi qo‘yilgan maqsadga va konseptual yondoshuvlar asosida tanlangan barcha  o‘qitish metodlari, shakllari, vositalari va qaytar aloqa usul va vositalariga to‘g‘ri yondashganligi  atroflicha yoritib beriladi.

Savol: Toifalash jadvali bilan konseptual jadvalning bir - biridan farqi nimada?

Javob:  Xar ikkala jadval ham tizimli fikrlashni shakllantirib, ma'lumotlarni tarkiblashtirish va tizimlashtirish ko‘nikmasini rivojlantiradi. Lekin toifalash jadvalida ma'lumotlarning umumiy jihatlaridan aynan o‘ziga xos tomonlarini ifodalab, ma'lumotlarni birlashtirishni ta'minlaydi, konseptual jadvalda esa o‘rganilayotgan hodisa, tushuncha, ma'lumotlar va shu kabilarning ikki va undan ortiq jihatlari bo‘yicha tarkiblashtirish imkonini beradi.

Savol: Keys-stadi metodi muammoli masalalar va vaziyatlar metodidan nimasi bilan farq qiladi?

Javob: Keys-stadi metodi muammoli masalalar va vaziyatlar metodidan farqli ravishda tashkilot, kishilar guruhi yoki alohida individlar hayotidan olingan belgilangan sharoitlarning yozma bayonini o‘z ichiga oladi va o‘quvchilarni muammoni ifodalashga, muammoli amaliy vaziyatni tahlil qilishga, baholashga va uning maqsadga muvofiq yechimini izlashga yo‘naltiradi.

Savol: O‘quv loyiha usulini qo‘llash jarayonida pedagogning vazifasi nimalardan iborat ? 

Javob: O‘quv loyiha usulini qo‘llash jarayonida pedagogning vazifasi quyidagilardan iborat:  loyiha topshirig‘ini ishlab chiqish,  o‘quvchilarga axborotni yig‘ishda yordam berish, axborot manbai sifatida ishtirok etish, jarayonni boshqarish, ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlash, uzluksiz ravishda qaytar aloqa usullarini qo‘llash, maslahat berish.

Savol: O‘qituvchining portfoliosidagi pedagogik faoliyatining natijalari va tahliliy faoliyat qismida nimalar yoritiladi?

Javob: Pedagogik faoliyatining natijalarida o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajalari, kasbiy ko‘nikma va malakalarining shakllanishi hamda tashqi (Davlat test markazi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi va hududiy boshqarmalar) nazorat natijalari va hokazolar chizma, grafik, diagramma, jadval ko‘rinishida  ko‘rsatiladi. Tahliliy faoliyatda esa o‘qituvchining oxirgi uch yillik faoliyat tahlili ya'ni kasbiy va ijodiy tanlov, ko‘rgazma, musobaqa va hokazolarda qatnashganligi to‘g‘risidagi  ma'lumotlardan  foto lavhalar taqdim qilinadi.