• Toshkent, Universitet ko'chasi 2 a uy
  • (998) 71 246-07-61
  • info@metod.uz

Anons

 

        YUNESKOning O'zbekistondagi vakolatxonasi va O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi bilan hamkorlikda 2017 yil 20-21 oktyabr kunlari O'MKHT Axborot-xizmatida "Ochiq ta'lim resurslari (OTR)ning ta'lim jarayoniga integratsiyasi" mavzusida o'quv amaliy seminar o'tkaziladi. Seminar treningda Respublika bo'yicha barcha ilg'or tajribaga ega bo'lgan pedagog xodimlar ishtrok etadi 

 

 

PRESS RELIZ  

        O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda o‘qituvchilarning axborot kommunikatsiya texnologiyalari kompetentliklari talablariga asoslangan qayta tayyorlov o‘quv dasturlarini ishlab chiqishdi. Ta’lim tizimida barcha AKTga bo‘lgan ehtiyojlar va malaka oshirish faoliyatlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsada, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi uchun AKT bilan boyitilgan darslarni ishlab chiqish va o‘quvchilarni o‘qitish uchun raqamli va ochiq ta’lim resurslarini tanlash, baxolash, moslashtirish va ishlab chiqish uchun mutaxassislarning bilim darajasini oshirish uchun talab sezilmokda. Shu bilan birga, raqamli va ochiq ta’lim resurslarini mahalliy tilda yaratib barcha uchun taqdim kilish orqali yoshlarda XXI asr bilimlarini rivojlantirish uchun kerakli sharoitlarni yaratish uchun talab oshib bormoqda. Respublika miqyosida 2017 yil iyun-avgust oylari “mediya va axborot savodxonligi”, “ochiq ta’lim resurslari” va “XXI asr ta’limi uchun ilg‘or pedagogik texnologiyalar” mavzulariga bag‘ishlangan seminar treninglarni tashkil qilindi. Ushbu seminar treningda o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimidagi o‘qituvchi-hodimlar ishtirok etishdi. Seminar-treninglar davomida moderatorlar tomonidan turli mamlakatlarda ushbu soxalarda amalga oshirilgan va yo‘lga qo‘yilayotgan amaliyotlar va tajribalar muhokama qilindi, mediya va axborotni, shu jumladan mavjud raqamli va ochiq ta’lim resurslarini tahlil qilish va to‘g‘ri tanlash va dars berish jarayoniga moslashtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilindi. Seminar-treninglar natijasida ishtirokchilar o‘zlarining mediya va axborot savodxonligi bo‘yicha bilimlarini oshirishlari, ochiq ta’lim resurslaridan dars berish jarayonlarida foydalanish imkoniyatlari va bilimlarini oshirishlari va shu bilan birgalikda o‘zlarining raqamli va ochiq ta’lim resurslarini ishlab chiqish qobiliyatlarini shakllantirildi.